muxabbat ugri
Muhabbat O'g'ri! Olarini olib ham mulkimni tark etmagan, bor yo'q boshpanamga egalik ustimdan hukumronlikni da'vo qilgan o'g'ri....
Muhabbat shafqatsiz! Nega hayotimiz mazmuniga aylanib ham bizdan baxtni qizg'anib yashaysan Nega armonga aylanish xush yoqadi senga... Nega suyuklimizni ketkazib ham o'zing qalbimizda qolaverasan?
Muhabbat ayyorsan! Gohida kimningdir qo'liga baxt tutqazib shu bilan boshqalarni umidvor qilib qo'yasan.
Muhabbat sen mag'rursan! Qadringni shunchalar baland qo'yasanki ko'plarni ko'zi ilg'amaydi uni.
Muhabbat sen noyobsan! Yer tagidagi oltinni topish, ummon qaridagi durni izlash senga yetishishdan oson.
Sen qasoskorsan! Seni sohtalashtirgan tosh otgan odamlarni afsuslarini ko'rmagunicha qo'ymaysan.
Muhabbat sening go'zlliging shunday sohirki! Ko'z yoshlar inju, xazonlar chaman, ozorlar beg'ubor, armonlarda chiroyli ko'rinadi sening nigohingda.
Inson bu dunyoga hech narsasiz kelib hech narsasiz etar ekan... Bu yolg'on. Biz seni izlab kelib sen bilan ketamiz.
Muhabbat sen baribir keraksan! Zero sen hayotning mag'zi,ko'ngillar tarjimoni, beshinchi fasl..., ikki dunyoda ham barhayotsan!!!!!!
Mualif: Вся хвала Аллаху ☝
Yozilgan vaqti: 19 Iyul 2017 в 11:56
Hikoyalar | Sevgi monologlar
Orqaga qaytish