Qonli tuy (2qism)
Qonli to'y 2-qism "Bugun odam ko`proq o`g`lim sen do`stlaring bilan o`ynab tur uzoqqa ketib qolma faqat” dedilarda dadam ishga ketdilar men bo`lsam bolalar bilan o`ynab yurib uzoqlab ketib qolibman dadam meni didirib yurgandirlar deya ortga qaytdim. Ammo dadamni oldilarigacha borolmadim bir mashina oldimga to`xtadida undan Oqila opa tushib meni mashinaga chiqardi. Mashina shahar tomon katta tezlikda ketar men bo`lsa Dadam qanilar dadamga boraman deb qaysarlik qilardim. Dadang ishda men senga shaharni ko`rsataman bugun jim etaver deya Oqila opa gaplarimni bo`lib qoyardi shaharni eshitib ozgina ko`nlim ko`tarilardiyu ammo dadamga borgim keladigandi o`shanda. Ha o`sh kuni men dadamni oxirgi kun ko`rgan ekanman. Shahardan meni bir amaki olib ketdida senga eng uzun mashinani ko`rsataman deya aldab olib ketdi bolamasmanmi unga ishonguncha ortidan ketaverdim ketaverdim ketaverdim… hayollarimni xonaga ovqat olib kirgan yigit bo`lib yubordi hoy manavini yeb ol tag`in o`lib qolma seni tirigingdan o`liging qimmatga tushadi dedi. Indamadim chiqib ketishi bilan stolni mushtladimda chiroqqa termulguncha yana hayollarimni davom etdim… g`alati tilda so`zlaydiganlar meni chiroyli joylarga olib kelishdi men ularni tushunmas edim ular meni faqatgina yig`lardim dadamga boraman oyimni sog`ingim oyijonimga boraman deya yig`lardim… ammo ko`z yoshlarimni foydasi bo`lmadi ular meni umuman tushunishmas men ularni tushunmas edim. Yig`lardim yig`lardim yig`layverardim… Bir ko`rkam uyga meni olib kelishdida shu uyga qoyib ketishdi man uy ishlarini qilib yurardim uyda bitta ayol doim xizmat qilib yurardi men unga yordam berardim. Unga ancha mehrim tushib qolgandi. Oyimdek bo`lmasada meni bag`riga bosib bir nimalar derdi men yig`lardim. Yana bolaligim ildamlab borardi endi bo`lsa menga biro pa olib kelishdi opa ha opa edi u menga u meni yushunar men ham uni tushunardim. U menga aytishicha bu yerlar turkiya degan joy ekan u opa menga hamma narsani o`rgatdi til o`rgatdi men juda xursand edim uydagi insonlar ham menga mehribon. Endi ularni tilini tushunaman ular meni tinmasdan o`qisin deyishardi shuning uchun ko`p o`qirdim. Ota onam sog`inchi bo`lsa meni batamon ado qiladigandek edi yo`llariga intikib yig`laganimda Aygul opamni “ular seni o`qishga yuborishgan o`qib katta odam bo`lishing kerak shunda ularni topasan” degan so`zlari menga taskin bo`lardi va o`qishga shijoatim ortardi. Oylar ketidan oylar yillar ketidan yillar o`ta boshladi men endi bu yerdagi hamma hamma narsani o`rganib olgandim xatto quroldan o`q uzishni o`rgatishdi sport bilan shug`ulanardim bu yerlarga o`rganib qoldim endi aqlim ko`p narsalarga yetadigan bo`ldi Turklarni yaxshi bir odati borda bolalikdan talim tarbiyani kuchaytirishadi to`g`ri bular bosqichma bosqich shunday tarbiyalab borishadiki kitoblar olamiga kirib qolgan insonni yaxshi yoki yomon qilib tarbiyalash unchalik qiyin ish emas kitoblarga o`rganib qolgan odam bo`lsa kitobiy voqealarni qumsab qolishi mumkin bu esa o`z vaqtida juda xavfli va ayanchli tus olishi mumkin va aksincha… aytgancha endi men Akbar bilan u aytgan joylariga boradigan bo`ldim uni haydovchisi va yashirin soqchi sifatida…bir kuni bir restaranga kirib bordik odam ko`p ortimizda ikkita tansoqchilar bor men uni haydovchisi bo`lib bordim. Doim mashinada bitta asar olib yuraman Akbar uzoq vaqtga qolib ketadigan bo`lsa kitobimni o`qiy boshlayman. Bazida asarga shunchalik kirib ketamanki Akbar kelib olim bo`ldi qilaqoling endi deya o`qishimga chek qoyib qoyadi… Mardon shu yerda ajralamiz atrofni kuzatib yur ehtiyot bo`l bu yerni qizlari ilintirib olishmasin tag`in deya kuldida uzi mendan uzoqlay boshladi va bezatilgan stol atrofiga borib o`tirdi. U yerda 3 kishi bitta ayol va ikki erkak bo`lishdi. Biror nima ichib olay degan maqsadda borib bo`sh stollardan biriga o`tirimda afitsant qizni kelishini kutdim. Oq ko`ylak tor o`ziga yarashgan shim kiyib olgan qiz kelib nima buyuradilar deya so`radi. Men unga ichimliklar va taom buyurtma berib buyurtmani kutib o`tirgandim. Qizil ko`ylagi o`ziga yarashgan sochlarini har yonga tashlaganidan go`zaligiga go`zallik qo`shib turadigan qiz yonimga elib o`tirdida. -kimni kutayapsiz yashi yigit dedi. -azroilni -men turgan yerda azroilga nima bor o`zim sizni jonizni olaman kuldi qiz -men senga jonimni beradigan darajada axmoqqa o`xshaymanmi? -bo`lmasamchi -unda bir tomosha qilsam bo`larkan -yuring tashqariga chiqaylik xoli joy bor o`sha yerga boramiz -vaqtim yo`q... (Davomi bor)
Mualif: ‬‬‬ ˑ YσƁʀ ˑ
Yozilgan vaqti: 6 Yan 2016 в 11:29
Hikoyalar | Qayg`uli hikoyalar
Orqaga qaytish