Onamga
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora onam,
Bolang bo`lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o`g`il bo`ldimmi!..


Garchi bisotingda "bayram" so`zi yo`q,
Bilaman, kutasan sandal to`la cho`g`,
Menda yurak deganlarin o`zi yo`q:
Men sovg`a bermagan qiz yo`q bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o`g`ilmi, onam?..


Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo`qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim She`r emas faqat,
Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga o`g`ilmanmi, ayt?..


Sha`ningga she`r bitdim. U seni topsin,
Poyingga tiz cho`kib, qo`lingni o`psin.
Undan ham ulug`im borligin ko`rsin,
Men uchun ham aziz holingni so`rsin,
Sensiz g`arib ko`nglim ko`ngilmi, onam,
Endi men ham senga o`g`ilmi, onam!..
Mualif: のεzのεMσNα x∆ ❤
Yozilgan vaqti: 30 Dek 2015 в 12:20
Hikoyalar | Muxammad Yusuf
Orqaga qaytish