Intizor
Insonlar ketadi.
Hayotdan emas, hayotimizdan.
Ba'zida biz qadrlay bilmaymiz,
ba'zida esa...
Lekin inson taqdiri shunday
qiziqki, har bir yurakning o'z
qonuni har bir dilning o'z gaplari
bor.
Ammo quloqlar eshitishni
xohlamay yopilsa va kecha seni
intizor kutgan eshiklar bugun
"qars" etib yopilsa. Inson
yig'laydi.

Qadriga achinadimi yoki
besamar o'tgan vaqtga. Yoyingki,
o'sha so 'nggi onda ushlab qola
olmagan tuyg'ularning nozik
iplarigami?

Aslida esa bilamiz. Bir
kun quyosh botadi. Shamlar
o'chadi. Yoshli ko'zlar ham bir
kuni to'xtaydi.
Tuyg'ular esa.. yo dilga, yoki
qumlarga ko'miladi.
Sen uchun yaqin bo'lgan
insoning vafot etsa yig'laysan,
kerak bo'lsa hamma narsani
unutib, baqirib yig'laysan. Lekin
tirik bo'la turib, seni tashlab
ketsa -chi, o'tgan umringni
titkilab, ayblarni o'zingdan
ahtara boshlaysan. Ko'zlaring
yoshlanadi. Kaftlaring berkitadi,
lekin sen yashirib yashashga
mahkumsan.

Endi hislar oshkor
etilmaydi. Intizor kutishlar ham
tugaydi. Vaqt ahamiyatsiz qoladi.
Allaqachon uzilgan iplar endi
butunlqy boshqa yuraklarni
bog'lqyotganini ko'rib
ko'rmaslikka olasan. Shunda ham
umid uzging kelmaydi. Yozda qor
kutgandek, kutishda davom
etasan.

Endi yurak keng va
kimsasiz hovlidek huvvillaydi.
Umr esa o'tib boradi.
Qarg'amaysan.
Joniga ozor yetsa butun
jahoningga o't ketishini yaxshi
bilasan.
Quyosh nur sochmasa ham
shishgan ko'zlarni yashirish
uchun tabassum qilasan. Yurakka
sevgini ko'mib o'zga manzilga
ravona bo'lasan. Bilasanki yetim
qolgan muhabbqtdan hech
kimga naf yo'q. Endi
muhabbating ham sendek
nochor va keraksiz.

Kerak!
Hamma uchun kerak.
Songgi shularni olamga yoyib,
umidsiz qalblarni yoritish uchun
kerak. Senga Alloh shu taqdirni
asrabdi.
Har oningga shukr ayt!
Mualif: ‬‬‬ ˑ YσƁʀ ˑ
Yozilgan vaqti: 19 Yan 2016 в 00:34
Hikoyalar | Ibratli xikoyalar
Orqaga qaytish