Ibratli xikoyalar
"Umr
manzaralari" turkumidan
''4'' ta qisqa hikoya...
1.O'qing o'ylang..
Kambag'al bir yigit boy
qizni sevardi va bir kuni
unga bu haqda aytdi. Qiz
unga shunday javob
berdi:
- Meni diqqat bilan eshit!
Sening bir oylik
maoshing mening
kundalik ishlatadigan
pulimdan ham kamroq.
Shunda ham meni rom
eta olaman, deb
öylaysanmi? Men hech
qachon seni
sevmayman. Shuning
uchun meni unut va
yaxshisi özingga teng
birorta qizni top!
Ammo yigit nimagadir
qizni osonlikcha unuta
olmadi.
10 yil ötdi.
Bir kuni ular savdo
markazida yuzma-yuz
kelib qolishdi. Qiz uni
tanidi:
- Hoy, sen! Qalaysan?
Men turmushga chiqdim.
Bilasanmi, erimning
maoshi qancha? Oyiga $
200 ming! Tasavvur
qilyapsanmi? U yana
juda aqlli ham.
Yigit bu sözlarni eshitib
ancha ranjidi. Shu
daqiqada qizning eri
kelib qoldi va yigitni
körib chehrasi ochildi:
- Salom janob! Shu
yerdamidingiz?
Tanishing, bu mening
ayolim...
Köchaga chiqishgach eri
qizga yigit haqida
gapirib bera boshladi:
- Men shu janobning
qölida ishlayman, senga
aytgandimku.
Janob hozir oyiga 2 mln
topadi, ammo bir vaqtlar
u sevgan qiz
kambag'alligi uchun uni
rad qilgan ekan. Shuning
uchun haligacha
uylanmagan. Bunaqa
kuchli muhabbatni yana
qayerdan topish
mumkin? Qiz qanday
omadli ekanligini
bilmagan ekan, shunday
emasmi?
––––––––––––––––––––––––––––
2.Mexr haqida..
Urush vaqtida bir askar
jang maydonida qolib
ketgan yaralangan
sherigini olib kelmoqchi
böldi. Unga kapitani
shunday dedi:
“Endi foydasi yöq!
Dösting allaqachon
ölgan bölsa kerak”.
Ammo askar baribir jang
maydoniga bordi va
döstini özi bilan olib
qaytdi.
Jonsiz tanani körgan
kapitan dedi:
“Aytgandimku, u öldi,
deb. Bu hayotingni xavf
ostiga qöyishingga
arzimaydi”.
Askar közlari namlangan
holda javob berdi:
“Yöq janob, arziydi…..
Uning yoniga yetib
borganimda, u közlarini
ochib menga qaradi va
jilmaydi. Oxirgi sözlari
shunday böldi: “Baribir
kelishingni
bilgandim...""
––––––––––––––––––––––––––––
3............
Brayn Tumori (tananing
biror ichki qismida
paydo bölib, tashqariga
börtib chiqadigan yirik
ösma) hastaligidan
azoblanayotgan ayolni
kasalxonaga yotqizishdi.
Uning ög'li va
qarindoshlari ham shu
yerda edi. Ayol bir necha
soat ötib vafot etdi.
Uning ög'li kun böyi, toki
ovozi qolmaguncha
yig'ladi.
Ertasiga tobi qochgan
holda uyiga qaytgach,
onasining
yotoqxonasidagi stol
ustida qoldirilgan
maktubni kördi.
Shuningdek, stol ustida
bir nechta tabletkalar
ham bor edi. Qöli titrab
xatni öqidi:
“Bu dorilarni ichib ol,
bilaman shuncha
yig'laganingdan keyin
tomog'ing og'riyotgan
bölsa kerak... Oying..."
––––––––––––––––––––––––––––
4.Sevgi va insoniylik...
O'ta kambag'al bir kishi
xotini bilan yolg'iz
yashardi. Bir kuni, juda
uzun sochlarga ega
bölgan xotini undan
yangi tög'nag'ichli taroq
olib berishini söradi. U
noqulay vaziyatda qoldi
va ilojsiz "yöq" deb
javob berdi. Ertasiga
bog'ichi uzilib,
anchadan beri
taqilmayotgan soatini
sotib, xotini söragan
taroqni olib berishga
qaror qildi.
Soat dökonida
bog'ichsiz soat uchun
biroz pul berishdi. U
uyga kelib qölidagi
taroqni xotiniga
bermoqchi bölganida,
xotinining kalta qilib
kesilgan sochini körib
hayron qoldi.
Ayol sochlarini sotib,
erining qöl soati uchun
yangi bog'ich olgan edi.
Ikkisi bir-biriga közlari
yoshlanib termulib
qolishdi...
Mualif: Malika (k)
Yozilgan vaqti: 16 Apr 2016 в 18:12
Hikoyalar | Ibratli xikoyalar
Orqaga qaytish