Kechir jonim seni kechirolmayman
Labingda pichirlab erkalasang ham,
Yuraging ayamay tilkalasang ham.
Kechir deb poyimga cho'kkalasang ham,
Kechir jonim seni kechirolmayman.
Sen bilan xotira shirin damlarim,
Eslasam qiynaydi dilda g'amlarim.
Bir kam bu dunyoda o'zing kamlarim,
Kechir jonim seni kechirolmayman.
Begona insonni qo'lidan tutib,
Osonmas yashamoq seni unutib.
Shafqat chegarasin ortiga o'tib,
Kechir jonim seni kechirolmayman.
Bahorim eding sen har yil takrorim,
Oyog'ing ostida toptaldi orim.
Ex mening vafodor xiyonatkorim,
Kechir jonim seni kechirolmayman...
Mualif: XORAZMSKIY BOBUR
Yozilgan vaqti: 15 Avg 2017 в 01:23
Hikoyalar | ID 19 dan
Orqaga qaytish