Bir qiz yozgan sher
Mayli dedim tinglama meni,
Mayli boshqa o'ylama meni.
Faqat o'tsang hayollarimdan,
Ko'rgim kelar baribir seni..!
Baxt tilayman o'zgani sevsang,
Ammo birzum unutma meni.
Visol chog'i sevgan yoringni,
Sochin silab eslab qo'y meni..!
Hayotingdan baxting kulganda,
Mening esa baxtim so'nganda.
O'shal yoring mudom kulganda,
Unga boqib eslab qo'y meni..!
Bilib qo'ygin inson yo'q dardsiz, Hisoblama o'zingni baxtsiz.
Najot so'ra allohdan cheksiz,
O'shal damda eslab qo'y meni..!
Bir kun suyib murg'ak qizingga,
Ismim qo'ygin qaro ko'zingga.
Qizing yuzin bosib yuzingga,
O'shal damda eslab qo'y meni..!
Mualif: XORAZMSKIY BOBUR
Yozilgan vaqti: 15 Avg 2017 в 01:25
Hikoyalar | ID 19 dan
Orqaga qaytish