Qizaloqlar
Biz oilada to‘rt kishimiz. Ishimizdagi muammolar sabab to‘rt xonali uyimiz ikki xonalisiga almashtirishga majbur bo‘ldik. Lekin buni 4 va 6 yoshli qizlarimga aytsam, ular nima deb javob berishlari. Katta uydan kichik uyga o‘tsak ular ko‘nib yashab keta olishlari meni havotirlantirardi.


Baribir aytish zarurligi uchun ularning oldiga bordim:


–Bilasizmi, bugun biz uyimizdan ko‘chib, ikki xonali uyga borib yashaymiz… Yana yaxshi maosh to‘lanadigan ish topsak, o‘z uyimizga o‘xshagan uy sotib olamiz.


Shunda qizlarim:


–U uyga hammamiz ketamizmi?


Men – “Ha”, deya javob berdim. Ular esa:

–Unda buning hech qanday yomon tomoni yo‘q, deyishdi.


DIQQAT BILAN YANA BOSHQATDAN O'QING!
BARCHAMIZNI OILAVIY TOTUVLIK TARK ETMASIN!
Mualif: のεzのεMσNα x∆ ❤
Yozilgan vaqti: 30 Dek 2015 в 12:20
Hikoyalar | Hayotiy voqealar
Orqaga qaytish