nima qilay axr uni sevaman
Bir kun menga ".... U ham Sevardi..." desalar, Uning sevgisi sevgi emas xavas edi derman!
... "Yiqildingmi???" ...desalar, - Yiqilgan men emas xayollarim edi derman!
... " Xafa bo'lma hammasi o'tkinchi " desalar, O'lganimda bitadi bu savdo derman!
... " Sen bu xolatlarga tushmaganing yaxshiydi" desalar, - Yiqitish ham Turg'izish ham Ollohdan derman!
... " Nega, uni senga qilganini, unga qaytarmading " desalar, - men men uni qattiq " SEVARDIM " derman!!!
O'zimni o'nglashga kuch topolmadim,
Dardim tuzalmaydi shuni sezaman.
Qanchalik urinmay unutolmadim.
Nima qilay axir uni Sevaman!
Qaniydi yoniga bora olsaydim.
Qalbing kimda, diya so'rayolsaydim.
Kimgadir ko'nglimni yora olsaydim!
Nima qilay, axir uni Sevaman!
Bo'g'zimda tiqilib bir dard bo'g'ilar.
Yo'q undan kechmayman ne bo'lsa bo'lar.
Yo'ldan qaytarmoqqa urinmang do'stlar,
Nima qilay axir uni Sevaman!
G'ururi osmonday bir oshiq edim.
Muhabbat oldida bugun tiz cho'kdim.
Shu yo'lda borimni, jonimni berdim.
Nima qilay axir uni Sevaman!
Odamalar ichida olamlar gullar,
Ko'ksimda armonlar, alamlar gullar,
Esingni yig' diya ba'zilar kular.
Nima qilay axir uni Sevaman!
Sen kimga to'kis baxt berding ey dunyo.
Mudom oshiq yo'lin to'sding ey dunyo.
Tushungin, Bir oshiq dilin ey dunyo.
Nima qilay axir uni Sevaman!
Mualif: Malika (k)
Yozilgan vaqti: 13 Mart 2016 в 02:28
Hikoyalar | Dil izhorlari
Orqaga qaytish