Begona
Meni sog'ingansan, mehrimga zorsan,
Men ham ko'rgim kelar, qalbimga yorsan,
Yolg'izman, ojizman, sensizman jonim-
Yonimda yo'qsanu, yodimda borsan.
Ko'ramanu, ammo ko'risholmayman,
Sen bilan dardimni bo'lisholmayman,
Hamon sensizlikka ko'nikolmayman,
Yonimda yo'qsanu, yodimda borsan.
Mualif: XORAZMISKIY BOBUR
Yozilgan vaqti: 2 Avg 2017 в 01:53
Hikoyalar | Armonli sevgi
Orqaga qaytish