Baxtlimisan ayt
___Yarim tun___
Qiz telefon ovozidan cho'chib
uyg'onib ketdi va go'shakni
ko'tardi.
- Allo! dedi qiz.
O'rtada jimlik...
- Allo dedi takroran va
"Salom yolg'izim" degan
javobni oldi.
Oxxx!!!
Bu jarangdor va qadrdon
ovozni eshitganidan u juda
hayratda va quvonchda edi.
Qiz na javob berishini, na jim
turishini bilardi.
- Qalaysan yolg'izim?
Sog'lig'ing yaxshimi? Meni
sog'indingmi? Men seni juda
sog'indim.
- Unda nega qo'ng'iroq
qilmadingiz? Men sizni
kutdim.
- Meni kechir. Men baxtimdan
qochdim.
Ma'suliyatsizligimdan ko'p
qiynaldim. Jonim kel
boshqatdan hammasini
boshlaymiz. Yodingdami? Biz
kezgan xiyobonlar? Birga qo'l
ushlashib yurgan damlarimiz?
Seni doim katta hovuz oldida
kutar edim. Kelganingda
hovuzga termulib niyat
qilardik. Nega jimsan?
Uzoqroqdan qizning unsiz
yig'lashlari eshtilardi.
- Qo'y yig'lama Azizam. Kel
boshidan boshlaymiz
barchasini. Yoki ko'ngling
mendan qoldimi?
- Yo'o'o'q...!
- Mendan xafamisan tashlab
ketganim uchun?
- Yo'o'o'q...!
- Meni endi sevmay
qo'ydingmi?
Qiz javobni aytganini o'zi ham
bilmay qoldi.
- Yo'q unday emas.
- Unda hayotimizni
boshqatdan boshlaymiz.
Yodingdami? Seni
"Yurakcham" derdim.
Yurakcham, endi seni hech
qachon tashlab ketmayman.
- Iltimooos...?!
Yigit qizni gapini bo'ladi.
- Doim oldingda bo'laman
Hayotim.
- Meni eshiting!
Yigit uning gapini yana bo'ldi:
- Senga faqat baxtli onlarni
taqdim etaman. Kel
Yurakcham, faqat yo'q dema!
- Ilojim yo'q meni.
- Nega?
- Endi kech!
- Nima uchun Farishtam?
- Men turmushga chiqdim...!
Yana jimlik cho'kdi o'rtaga.
Endi har ikki tarafdan unsiz
yig'i eshitilardi...
Yigitning "Yurakcha"si endi
boshqa birovga tegishli edi.Yigit:
Yig'lama jonim boshingni egib.
Men ham qiynab qilmayman
so'roq.
Yashasang bas kimnidir sevib.
Seni baxting mendan
muhimroq!
Meni sevmabsan-u yuragim
berdim.
Naqadar azobdir aldanib
sevmoq.
Mensiz baxtli bo'lsang men
nima derdim.
Seni baxting mendan
muhimroq!
Menga tikon sanchdi o'zimni
gulim.
Duo qilay gulim ko'rmagin
zulm.
Iforingga o'taman chanqoq.
Seni baxting mendan
muhimroq!
Baxting uchun o'zdan
tonaman.
Baxting ko'rsam baxtdan
o'laman.
Seni baxting mendan
muhimroq!
To'yinga borsam yo'l qo'yib
g'urur.
So'z berishsa tanish oshiqqa.
Dimog'im bo'g'ilmay aytaman
mag'rur.
Seni baxting mendan
muhimroq!
Tanam uzra tortilsa tuproq.
U dunyoda boshlansa so'roq.
Qo'rqmay deyman unda gunoh
yo'q!
Seni baxting mendan
muhimroq...!!!
Qiz:
Ajib savdo bo'ldi, ne iloj,
Ayrildik.., ko'zlarimni
yumdim.
Sizga shaydo bo'lgan
yurakka,
Guldek muhabbatimni
ko'mdim.
Qiziq ekan dunyo ishlari,
Qo'l siltamoq bo'lsaydi oson.
O'ngidan kelmadi tushlarim,
Tanam jonsiz, ruh kezar
sarson.
Qarang, shamol daraxt
gullarin,
Olib uchar uzoq-uzoqqa,
Qani edi, dil so'zim yozsam,
Sochlarimga qo'ngan
yaproqqa.
Yozdim yana hijron xatlari,
Bo'g'zimda titradi ovozlar.
Afsus, xatlar bormaydi sizga,
Sirdosh bo'ldi oppoq
qog'ozlar___♡♡♡
Mualif: Malika (k)
Yozilgan vaqti: 13 Mart 2016 в 02:16
Hikoyalar | Armonli sevgi
Orqaga qaytish